Juma, 19.04.2024, 01:33
Logged in as Guest | Group "Guests" | RSS

URGANCH TUMAN MAISHIY XIZMAT KASB-HUNAR KOLLEJI

Menyu
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Ro'yxatdan o'tish

O`quv jarayoni

Kollejda o’quv ishlari va amaliyot.
Kollejimizda o’quv ishlari Ta’lim vazirligi va O’rta Maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv reja va dasturlar asosida olib boriladi.Taqvim reja,dasturlar Davlat ta’lim standartlariga mos. Har bir o’quv yili uchun kalendar rejalar jadvali tuzilgan. O’quv ishchi dasturlar o’quv rejalariga mos.


1-bosqichda o’quv amaliyotlari dasturda belgilanmagan. 2-3-bosqichda o’quv amaliyotlari o’quv ishchi dasturining o’quv rejalariga muvofiq dars jadvaliga qo’yilgan. O’quv amaliyotlari ishlab chiqarish ustaxonalarida,kompyuter xonalarida va o’quv xonalarida olib boriladi.



Umum ta’lim fanlari bo’yicha o’quv rejalarida ko’zda tutilgan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun kimyo, fizika fanidan laboratoriya xonalari eng zamonaviy asbob uskuna va jihozlar bilan 100% ta’minlangan. Kollejda Axborot Resurs markazi tashkil qilingan. Markaz mingdan ziyod kitob fondiga ega bo’lib, barcha fanlardan elektron kitoblar keltirilgan,ma’ruza matnlar, laboratoriya ishlanmalari ishlab chiqilgan. Deyarli, barcha o’quv mashg’ulotlari, kompyuterlar, multimediyalar, videoglazlar va kodoskoplar o’quv va ishlab chiqarish amaliyoti uchun tayyorlangan al’bomlardan foydalanib o’tiladi.


Kollejda jami 18ta to’garak faoliyat olib bormoqda ,shulardan 6 ta fan to’garagi, 4 ta kasb to’garagi, 8 ta sport to’garagi tashkil qilingan bo’lib,o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qilmoqda. Bu mashg’ulotlarda 427nafar o’quvchi muntazam qatnashib kelmoqda. Kollejda 2ta kompyuter sinfi, 16ta pintum-4 kompyuterlari, 2 ta personal kompyuter mavjud. 2ta informatika xonasi va 2ta lingafon xonalari Koreya kredit loyihasi bo’yicha jihozlangan. Kollejda o’quvchilarning har tomonlama chuqur bilim olishlari va kasb-hunar sirlarini o’rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kamolot yoshlar tashkiloti tomonidan tashkil qilingan "Zakavot”kulblari,”Intellektual ring”o’yinlari o’quvchilarning sevimli mashg’ulotlariga aylangan.



Bundan tashqari iqtidorli o’quvchilarni aniqlash maqsadida an’anaga aylanib qolgan. "Iqtidorli o’quvchilar mustaqil ishlari”ko’rik tanlovi o’quvchilarni o’z ustlarida yanada jiddiyroq ishlashga da’vat etmoqda.



Kollejda haftaning har bir kuni maqsadli vazifalarga ajratilgan.
Jumladan: Dushanba- Ma’naviyat kuni. Seshanba- kompyuter savodxonligi kuni. Chorshanba- Zakovat klubi kuni. Payshanba- Tozalik kuni. Juma- siyosiy axborot kuni. Shanba-Jismoniy tarbiya va sport kuni qilib belgilangan. Kollejimiz katta sport zali va sport maydonchalariga ega bo’lib,talabalarni jismoniy jihatdan barkamol rivojlanishi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Shu sababli "Barkamol avlod” sport musobaqalarining barcha turlari bo’yicha tuman va viloyat bosqichlarida sovrindor o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Trinajyor xonalarida barcha sport inventarlari mavjud. O’quv amaliyotlari ustaxonalarda o’tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyotlari bo’yicha kollejimiz ko’plab ortiq sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari va fermerlar uyushmalari bilan shartnomalar tuzgan. Ayniqsa, Urganch tumanidagi Yuqori Do’rman MMTP, Guliston MMTP, Urganch Oq oltin MMTP, Urganch Yuqoribog’ MMTP, Urganch tuman Soxibkor MMTP va fermer xo’jaliklari bilan qilingan hamkorlik samarali bo’lmoqda.

Urganch tuman maishiy xizmat kasb- hunar kollejining 2011- 2012 o'quv yilining I semestri uchun dars jadvali: - DARS JADVALI
Qidiruv
Teglar Buluti

Urganch tumani maishiy xizmat kasb-hunar kolleji © 2024