Navro'z
Navro'z Sharq xalqlari orasidab bir necha ming yillardan buyon yashab
kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aliksandr, arablar, mo'g'ullar
kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami
Navro'zni yo'q qilib, halok qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z
barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani
nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning
o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi,
uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz
ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy
shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o'tgan yilgi yig'ilgan g'alla ham,
oziq-ovqatlar ham sob bo'lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o'zi
mehr-muruvvat ko'rsatib, yorug' kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha
eso-omon etib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g'ayrat jo'sh
urgan. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas.
Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi
xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil
bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar" asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa "Devonu lug'otit
turk" asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Umar
Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida "Navro'znoma"
nomli maxsus kitob yozganlar. Navoiyning ustozi-turkiguy shoirlarning malikul
kalami-Lutfiy domla "Gul va Navro'z" o'lmas dostonini yaratganlarki,
bu asar hamon sahnalarimizni bezab, bizga Navro'z haqida aadbiy-badiiy
tushuncha, ma'lumot berishda davom etib kelayotir.
Navro'z bayramida bizning kunlarimizda ham bir muddat hujum
uyushtirildi. Ammo qadimiy odatimiz bu galgi qatag'ondan ham eson-omon o'tib
oldi. Mana, bugun yana biz o'zbeklar ham barcha Sharq xalqlari singari o'z
milliy urf-odatimiz Navro'z-Yangi yil bayramizni bor malohati, bo'y-basti bilan
ko'z-ko'z qilib o'tkazayapmiz. Navro'z bayrami kecha bilan kunduzning
tenglashgan payti, bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab bir hafta, o'n
kun davomida o'tkazilgan. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi,
yangilanishi, yangi yil bilan yurtimizga go'zal Bahor faslining kirib kelib,
kelinchakdek o'z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlangan.
Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman,
rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro'z
kunlari qish manzillari-qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq
maskanlari-yozloqlarga ko'chib o'tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari
boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lb,
hashar-ohsarlar uyushtirilgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ularning
mozorlari obodonlashtirilib, ko'kalamzorlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali,
manzarali daraxtlar o'tkazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro'z-yangi yil,
yangi hayot qaynagan.
Navro'z bayramiga atab ajdodlarimiz mazsus kiyimlar tayyorlashgan va
ularni kiyib bayram qilishgan. Navro'z taomlari o'ziga xos bo'lgan. Ular
orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlashgan an'anaviy odat tusiga kirgan. Bu
bayramda Siz tengi bolalarning ishtiroklari, ayniqsa, juda faol bo'lgan. Ular
Navro'z bayrami haftaligida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot
o'yin, chillak, qo'g'irchoq o'yin, tosh, lapar, ip o'yinlari va hokazolar
shular jumlasidandir. Bolalar , o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar, ayniqsa,
sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun unga ancha ilgariroq
tayyorgarlik ko'rishgan.
Bug'doy donini maxsus idishlarda qulay iqlim sharoiti yaratib, sabza
qilib undirib olishgan. So'ng uni kecha-kunduzi bilan katta doshqozonlarda
qaynatib , sumalak tayyorlashgan. Ayonki, tunu kun tinmay doshqozon
qaynayversa, ancha-muncha o'tin chidamaydi. Shuning uchun har bir xonadon bir
bog', yarim bog'dan, ishqilib, o'tinga ham o'z ulushlarini qo'shadilar. Bu
arzimasdek ko'ringan harakat ostida juda ulkan ma'no yotibdi: xalqning
birgalashib harakat qilishga nonu tuzini, topgan-tutganini birga baham
ko'rishga intilish yotibdi.
Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro
etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiya sovrinli o'yinlar,
musobaqalartashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar
"jang" lari, xo'roz, it, qo'chqor urishtirish, masxarabozlik,
askiyabozlik, dor o'yinlari, xalq tomoshalari o'tkazilgan.
Qo'shni Tojikistonning G'onchi tumanida har yili Navro'z mahali
kelinchaklar sayli o'tkazish qadim-qadimdan odat tusiga kirgan. Bu sayilga oq
xarir pardalar tutgan, kuyovga tushganiga bi yildan oshmagan kelinchaklar
qatnashishadi. Ular pastlikda, xuddi oq gullar to'lqinidek ketaverishadi. Qo'llarida
o'zlari mehr qo'yib tikkan matolari, so'zanalari, belbog'lari bo'ladi. Ikki
tomonda qiyaliklarda turgan tomoshabinlar o'tayotgan kelinchaklarning
birortasini ham ko'zdan qochirishmaydi. Kelinchaklarning orzu-armonlari,
o'y-hayollari bitilgan matolarning qaysi biri ko'proq olqsh olsa, o'sha g'olib,
maqtovga sazovor bo'ladi. Bu benihoya chiroyli, go'zal sayildir. Bu xil
sayillarni o'rganib, ommalashtirish zarur. Navro'z bayramining eng ahamiyatli
jihatlaridan biri-keksalarga hurmat , ularning holaridan xabar olish, ko'mak
berishdir. Navro'z tiriklik bayrami sifatida mashhur bo'lib, uning tag'in bir
muhim xosiyati: bu kunlar marhumlar yodiga juda katta ahamiyat berilgan.
Machitu madrasa, xonadonu mahalla, mozoru ziyoratgohlarda qur'on o'qitilib, jonliklar
so'yilgan. Etim-esir, bola-baqralar uchun katta doshqozonlar osilib, qurbonlik
taomlari pishirilgan. Har bir oila o'z xilxonalarini, ortishsa, boshqalarnikini
ham tozalab, orasta qilishgan. Qabrlarning shikast-rextlarini ta'mir qilishgan.
Mevali daraxtu gul-chechaklar o'tkazishgan.
Ramazon
Hayitlar qadimiy diniy bayram bo’lib, ularning tarkibiga kirgan ko’pgina
marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo’lgan. Islom ularni omuxtalab,
o’z qonunlarini qo’shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan.
Hayitning ikki xili mavjud bo’lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal
qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti,Katta hayit deb ataladi. Uning oldidan
ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg’on arafa, 1 kun qolganda
chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi. Yolg’on va chin arafa
kunlari har bir xonadonda is chiqarilib, chalpak, bo’girsoq, talqon, palov
qilinadi. Qo’shnilar bir-birlarini Hayit bilan muborakbod etib, xonadonlarga
pishiriqlar chiqaradilar. Bolalar va o’smirlar chopqillab yaqin-uzoq xonadon,
qarindosh-urug’larni yo’qlashga borib-keladilar
Kichik hayit bu Ro’zai may ramazon deb atalib, odatda ro’za oyi yakunida
o’tkaziladi. Hayitlar Iydlar ham deb ataladi. "Hayitingiz muborak bo’lsin”,
"iydingiz qulluq bo’lsin” tabriklarining ma’nosi bir xildir. Katta hayit butun
dunyo umumxalq marosimi-haj, ya’ni Ka’baga ziyoratga borib, haj nomozi o’qish
davridan boshlanib, ayrim joylarda 7 kungacha bayram qilinadi. Bizning
O’zbekiston, umuman, O’rta O’siyo xalqlari orasida Qurbon hayiti hozirgi
kunlargacha nishonlanib kelinadi. Faqat bu marosim islom markazi arab
mamlakatlaridagidek etti kun emas, balki uch kun bayram qilinadi. Qurbon
hayiti-iyd-al-adho, ramazon hayiti-alfitr, me’roj-rajab oyi bayrami,
shuningdek, imom Xusaynni xotirlash kuni-ashuro, taqdir kechasi-laylatul-qadr,
Muhammad payg’ambarning tug’ilgan kunlari-Mavlud islom dinida asosiy
hayit-bayramlar sanaladi. Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-13 kunlarida (10-13
dekabr) tantana qilinadi. Ba’zi mamlakatlarda shu oyning 7 kuni, ya’ni haj
boshlangan kundan 7 kun davom etadi. Ro’za hayiti esa ramazon oyi tugab , yani
shavvol oyining 1-3 kunlarida bayram qilinadi.
Hayitning birinchi kuni saharda kattayu kichik jome masjidiga borib,
bomdod namozi o’qiydilar. Gado-yu, beva-bechoralarga sadaqa beriladi. Qurbonlik
qilib, is chiqariladi. Keyingi kunlari mozorlarga borilib, o’tganlarning ruhga
duoyu fotiha qilinadi. Azadorlar esa to’n kiyib, belbog’ bog’lab, do’ppi kiyib,
marhumning uch kun davomida yo’qlovini o’rniga qo’yadilar.
Hayot kunlari oilaga shirinliklar, yangi kiyim-boshlar, kiyimliklar
sotib olinib, bolalarga, ota-ona, bobyu buvilarga hadya qilinadi. Oilabosho
ro’zg’orning kattadan-kichigiga sarmoya uchun o’ziga yarasha pul, chaqa
ulashadi. Bu Hayit xarji deb nomlanadi. Mahallalarda, qishloqlarda, shahar
joylarda yangi tushgan kelinlar borib ko’riladi. "Kelin ko’rdi” marosimlari
o’tkaziladi.
Kichik hayit ro’za namozi bilan bo’gliq marosim bo’lib, bir oy tutilgan
ro’za-parhezdan keyin shavvol oyining 1-3 kunlari bayram qilinadi. Bu bayram
ham garchi nomi kichik hayit deb atalsa-da, xalq orasida juda katta marosim
sifatida nishonlanadi. Ro’za nomozidan keyin bozor, mahalla, ko’chalarda tuxum,
xo’roz, it, qo’chqor urshtirayotgan yosh-yalanglarni, masxarabozlik sahnalarini,
dorbozlik o’yinlarini, savdo rastalari to’la bayram qandolatu holvalarini
uchratishingiz mumkin. Ro’za ichi har kuni oqshomlari muayyan muddatda iftorlik
"og’iz ochish” marosimlari o’tkaziladi. Bu ham o’ziga xos mehmondorchilik
bo’lib, ro’zadorlar niyat qilib iftorlik berayotgan kishining uyida o’z
ro’zalarini ochi, iftorlik luqmalarini tanovul qilishadi. Iftorchi ro’zaning
savobiga sherik bo’ladi. Ro’zadorlar sahar turib, tamaddi qilib,”og’iz
bog’lashadi”. Ya’ni, kun davomida suv ichilmaydi, ovqat eyilmaydi. Umuman ,
hech nima iste’mol qilinmaydi. Bu kishilik a’zolarini, badanni o’ziga xos
parhez qilish, bir oz tozalashga, davolashga qaratilgan tadbirdir. Roza kishi
irodasini toblaydi, qanoat o’rgatadi. E’tiqodini mustahkamlaydi.
Bir oylik ro’zadan keyin g’arib, miskin kishilar, kambag’al, talabalar,
gadolarga fitr ro’zalar, ya’ni, ro’za haqi, hadyasi beriladi. Bu hadyani har
kim har xil : imkoniyatga yarasha, pul-chaqa bilan, un-non berib, kiymlik yoki
sarpo bilan uzishi mumkin. Ko’ngildan chiqarib, xudo yo’liga chin ixlos bilan
ehson qilingan narsa savob uchun qabul qilinadi.
Uch kunlik ro’zai may ramazon bayramlari oldidan ham oqshomlari gavjum
bo’ladi. Ya’ni, ba’zan kattalar, ko’pincha bolalar to’p bo’lishib, qishloqlarda
ramazon aytishadi. Ramazon ham xalqimizning qadimiy diniy marosimlaridan biri
bo’lib, o’ziga xosligi bilan ajralib turdi. Ramazonda mash’ala yoqib olgan
bolalar to’p bo’lishib, xuftonda har bir xonadon darvozasiga borib, ramazon
aytadilar. Ramazon hayit qo’shiqlarinign jamlanmasining yoshlar tomonidan jo’r
bo’ib, ijro etilishidir. Ramazonda xonadonma-xonadon yo’qlab, marosim
qo’shiqlariaytiladi. Uy egalari ramazonchilarni siylab, ularga non, qand-qurs,
kiyimlar, pul-chaqa berishlari mumkin. Ba’zi odam isi yoqmas, odamovi xonadon
sohiblari ramazonchilar ustidan darvozaxona tomidan turib chelakda suv sepib
yuboradilar. Ayrim hambo’ylar hazil-mutoyiba tarzida ham bu ishni qilishi
mumkin.
Qurbon
xayiti
Bu xayit mahalliy tilda kichik xayit deb ataladi. Bu xayit Ramazon
xayitidan 70 kundan so'ng nishonlanadi. Islom dinida bu xayitda hayvon so'yib
qurvonlik qilinadi. Qurvonlik mol, qo'y va boshqa xayvonlarni so'yish bilan
amalga oshiriladi. Bu xayitda ota-onalar bolalariga xayitlik berishadi. Bu
xayitlik asosan pul, kiyimkechak va boshqa narsalardan iborat bo'ladi.
Aza
marosimi
Aza marosimi islom dinida biror kishi vafot etganidan so'ng bo'ladigan
marosimdir. Bu marosimda vafot etgan odam uchun "Janoza" namozi
o'qiladi. Bu namoz hamma musilmonlarga ham o'qilaverilmaydi. Chunki biror kishi
o'zini-o'zi o'ldirgan bo'lsa yoki boshqa bir din qabul qilgan bo'lsa unga
"Janoza" namozi o'qilmaydi. "Janoza" namozi hamma musilmon
odam uchun ulug' farzdir. Bu "Janoza" namozi jamoatda qori
boshchiligida o'qiladi. "Janoza" namozi o'qilgandan so'ng odamlar vafot
etgan odamning uyiga pataxonlikka borishadi. Bu pataxonlikda Quronda zikr
qilingan suralardan o'qib vafot etgan odam haqqiga duo qilishadi. Aza marosimi
3 kun davom etadi. 3-kun "Uch" deb ataladi. Undan so'ng 40, kir
yuvdi,yangi xayit, yil va boshqa ananalar qilinadi.
Nikoh
to'y
Nikoh to’yida esa bo’y etgan qiz-yigitning turmush qurishi bilan bog’liq
bo’lgan qadimiy, an’anaviy odat-marosimlar amalga oshirilgan. Kuyov bo’lmish
yigitga qo’yiladigan shartlarni Siz sevib o’qigan ertaklaringiz, baxshi bobolaringiz
to’qigan dostonlardan yaxshi bilasiz. Oddiy xalqda kuyov bolaga o’tin yerdirib,
er choptirib, chavandozligini, kurash tushishini, kamondozligini,
kosib-ustaligini sinab, imyihon qilib ko’rishgan.
Qadim ajdodlarimizda o’zaro kelishilgan holda bo’lajak kelinni olib
qochish rasm bo’lgan. "O’g’irlar " kalingan qizni yigit nikohlab olishi uchun
muayyan qonun-qoidalar asosida to’y tadorigini ko’rishgan. Shu munosabar bilan
nikohdan oldingi va keyingi marosimlar amalga oshirilgan. Turkiy xalqlarda hamma
ma’noda qizning bahosi baland bo’lgan. Shuning uchun kuyov tomon kelin tomonga
albatta qalin to’lagan. Bu to’lov pul, oltin-kumush, qo’y-mol, gilam va kigiz
shakllarida bo’lgan.
Kelinni tushirib olish marosimi, ayniqsa, qiziqarlidir. Qadimiy ajdodlarimiz
o’t-olovga sig’inishgani tufayli, otda, tog’a etaklovida kelgan kelinni (hozir
engil moshinalarda) kuyov bola otdan tushirib, darvozaoldida yoqib
qo’yilgankatta gulxan atrofidanuch bora aylantirib, so’ng chimildiqqacha
ko’tarib olib kirgan. Bu bilan ajdodlarimiz yangi oilani olov taftida har xil
ins-jinslardan, yomon ko’zlardan tozalagan. Ikkinchidan, er kishi o’z jufti
haloli, turmush hamrohi bo’lgan ayolnihamisha izzat-hurmatda, qo’lda ko’tarib
yurishini ramziy ravishda ifoda qilgan.
Xorazmda qadimdan xonadonga kelin bo’lib tushgan yangi oila a’zosi bir
yil davomida o’z qaynonasi bilan og’iz ochib gaplashmaydi. O’g’il o’stirganning
xizmatini qiladi, topshiriqlarini bajaradi, buyruqlarini quloq qoqmay ado
etadi, ammo churq etib, og’iz ochmaydi. Bu arazlagani, iddaosidan emas,
odob-andishasidan, istihola qilganidan shunday muomalada bo’ladi. Kelin
birinchi farzandini tug’ib, uni beshikka belaganidan keyin qaynona-oyisi bilan
gaplashish huquqiga ega bo’ladi.
Qaynota-kelin munosabatlari yana-da murakkabroq. Kelin nech yil davomida
tug’ilishidan qat’I nazar, to’rt farzand ko’rguniga qadar o’z qaynotasi bilan
gaplashmaydi. Qaynota otaning topshiriqlarini bajaradi, yumushiyu xizmatini
qovoq-tumshuq qilmay o’rniga qo’yadi. Faqat bu ijronigungu saqovdek, hatto
ovozi va shovrini ham chiqmasdab bajaradi. Bu ham odob, andisha, istihola
tushunchalarining eng oliy namunalaridir.
Albatta, kelin-kuyov to’y kunlari maxsus kiyim-boshlar kiyishgan. Bu
kiyimlar yurtimizning qaysi vohasiga qarab, bir-biridan farq qilgan. Masalan,
Samarqand, Buxoroniki bir toifa bo’lsa, Surxon va Qashqa vohasiniki ikkinchi
toifa, Farg’onaniki o’zi bo’lak bo’lsa, xorazmlik kelin-kuyovning kiyim-boshi
tamoman o’zgacha bo’lgan. Bu tashqi belgilar ham xalqimiz madaniyatining juda
boy va qadimligidan dalolat beradi.
Nikoh to’yigacha quda tomonlar o’rtasida maslahat oshi berilib, so’ng
unashtirish marosimi o’tkazilgan. Xalq orasida bu odat "non sindirish” deb ham
ataladi. Fotiha to’yidan keyin kelintushgan xonadonga hayit, bayram kunlari
hayitliklar jo’natilgan. Kelin tushishining o’zi katta bir marosim bo’lib, quda
tomonlar azaldan amal qilib kelinayotgan taomilga qilishgan. To’y kunidagi to’y
jo’natish, tortishmachoq-kelin oyog’iostiga tashlangan poyandoz talashish
marosimlarining o’zi bir to’ydir.
Chimildiq (go’shanga) ga kirish bilan bog’liq odatlarning o’zi bir
jahon. Kelin-kuyovning ustidan sochqi sochish, kelin bola va yangalar bilan
kuyov to’ra va uning jo’ralario’rtasidagi aytishuv, "belbog’ echdi”, "kelin
ko’tardi”, "oyoq bosdi”odatlari shular jumlasidandir.
Nikoh to’yidan keyin bo’ladigan marosimlar ham xalqimiz jo’mard tabiat,
qo’li ochiqlik odati, to’kin-sochin, erkin hayoti mazmunidan kelib chiqqan.
Bular kelinning yuzini ochish,, kelin salomi, kuyov tomon va mahalla
xotin-qizlarning kelin ko’rdisi va so’nggisi-yoyilgan sepni yig’ishdir. Bu
marosimni xalq orasida”joy yig’di”ham deyishadi. "Joy yig’di” da
kutilgannatijani bermaganayrim kelinlar ertasi qo’tir eshakkka teskari
o’tqazilib, yo’l-yo’lakay masxaralab kulib, sazoyi qilinib, hazar
bilanota-onasinikiga eltib tashlangan. Bu isnod qolgan barcha oilalarga
qizlari, bo’lajak kelinlari uchun katta saboq rolini o’tagan.
Hovli
to'y
Hovli to’yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug’larning katta hashari
bilan qurilgan yangi imoratga ko’chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to’y
qilingan. Bu to’y ham ko’proq kuz yo qishda o’tkazilgan. Hovli to’y munosabati
bilan yanada shinam, ko’rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to’yidan keyingina
yangi imorat o’zlashtirilgan, unda yashashga o’rganilgan, kirishilgan. Bu to’y
ham nikoh to’yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana,
imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq,
elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo’rg’on sanalgan. To’ylarning har
qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo’li engil
sartarosh-ustasi, qo’li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisibo’lganidek,
alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo’lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga,
joyiga, qishloqlar xududining katta-kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda,
velosiped, motosikl ya mashinada o’qti-o’qtin to’xtab, jar solganlar.
Ayrim mo’ysafidlar, nogironlar, qulog’i og’r keksalar, diniy arbob,
hurmatli kishilar qishloq oqsoqoli tomonidan maxsus kishi yuborib, to’yga
chorlaganlar.
Sho’ro zamoni davrida, to’y marosimining mazmuni ham shakli-shamoyili
ham ancha o’zgardi. To’griilgarigi zamonlarda hamo’zbekning to’yida qozoqning
polvoni, qirg’izning o’lanchisi, tojikning ustasi, turkmanning shavandozi,
albatta, izzatli mahmon sifatidafaoln ishtirokn etgan. Tabiiyki, o’zbek to’yida
bu xalqlar lafzi shevasi ham jaranglab turgan. Biroq yangi truzumga kelib, bu
qirralar yanada kuchaydi. To’ylar ham baynalmilallikning eng yorqin
misoli-namunasiga aylandi. Bu marosim osiyocha-ovro’pacha omuxtalashdi.
Xalqimizning odat va marosimlari bir-birlariga qo’shilib, chatishib,
omuxtalashib ketdi. Bundan yangi shakl va mazmun hosil bo’ldi. Demak, to’y
marosimlari yangi qiyofaga kirdi.
Hovli to’yi, yosh va tavalludning ma’lum pog’onalari bilanbog’liq
bo’lgan nishonlashommaviy marosimlari paydo bo’ldi. Bulr kumush
to’y-turmushning birgalikda kechgan 25 yili, oltin to’y-50 yili, brilliant
to’y-75 yili kabi turlaridir. Ota-ona, bobo-buvilaringizning turli yubiley
kunlari 50, 60, 70, hatto 100 yillik to’ylarini ko’pchilik bilan nishonlash
odat tusiga kirib qoldi.
To’yning hokisor, bejirim o’tkazilishi ham to’y egasining ma’naviy
qiyofasi yuksakligini ko’rsatadi. Poraxo’r-xoromxo’r kimsalar to’y bahonasida
o’zlarining kimliklarini, kuchu-quvvatlarini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’ladilarki,
bu ma’naviy tubanlikdir. Ko’pchilikning xolatiga qarab, o’shalardan kam ham
emas, ko’p ham emas-o’rtamiyona to’ylar o’tkazish zarur.
Beshik
to'y
Beshik to’yda yangi bo’shangan, beshikda bolasini emizib turgan onaga
non tishlatib, bu non bolalarga olib qochdirilgan. Beshik narisiga,
ayvongashirinliklar, tuli meva qoqilari sochilib, bolalarga talashib-tortishib
tanovul qildirilgan. Bu bilan yangi tug’ilgan bolaning umri shirin, mo’l
bo’lib, uzoq yillar hayotda sochilgan rizq-qo’zini yig’ib-terib eb yursin,
degan ma’no anglashilgan. Beshik to’yida bolani chillasi chiqib, uni beshikka
belash marosimida ikki turmush ko’rgan, ajralgan xotinlar irim qilib
qo’yilmagan. Beshikka muqaddas hisoblangan daraxt tug’dona shoxi kesib olib,
osib qo’yilgan. Bolaning beshik yostig’I ostiga pichoq, non parchasi qo’yilgan.
Isiriq tutatilib, tumor osilgan.
Beshik to’yi bolar uchun juda-juda quvonchli bayramdir. Chunki, ular o’z
saflariga no’malum bir bolaning kelib qo’shilayotganidan shodlanadilar. Umuman
olganda, bolalik olami juda ham go’zaldir. U har bir kichik narsadan xursand
bo’ladi.
Qovun
sayli
O’zbekiston agrar-industrial davlat bo’lgani uchun aholi dehqonchilik
bilan shug’ullanadi. Aholi dehqonchilik bilan shug’ullangani uchun xalq orasida
dehqonchilik haqida aqlan va jismonan xordiq chiqaradigan sayllar, bayramlar
paydo bo’ladi. Bu bayramlar yillar o’tib anana va urf-odatga aylanadi. "Qovun
sayli” ham azaldan nishonlanib kelinayotgan sayldir. Bu sayl yozning iyul oyida
qovun pishgan vaqda nishonlanadi. Bu salyda dehqonlar o’zlari yetishtirgan
qovun, tarvuz, poliz ekinlari va boshqa meva-chevalarni ko’rgazmaga olib
chiqadilar. Bu kunlari katta yarmarka bo’lib, salyga olib kelingan
mahsulotlarni bozor narxidan tushirib sotadilar. Hakamlar tomanidan g’olilb
aniqlanadi. G’olibga hokimiyat tomonidan qimmatbaho sovg’a va yorliqlar
topshiriladi.
Gul
bayrami
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman
bayramlar, marosimlar o'tkazganliklarini yaxshi bilamiz.Albatta bu bayramlar
mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan.
Ma'lumki, bahor uyg'onish fasli, tabiatning yangilanishi,
gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko'rishi davri. Qadimda bolalar avvalo
boychechak, so’ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproqyozishini bayram
qilishgan.
Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan
chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga,
englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni
paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar
turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini
yanada xush qilishgan.
Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan
chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga,
englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni
paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar
turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini
yanada xush qilishgan.
Shaqildoqlarini shaqillatib, hosil sayli, bayramini nishonlashda davom
etganlar. Bahor tugab, yoz oshlanishi boshlanishi bilan turfa gullar butun
borliqqa atir hidlari tarata boshlagan. Bu paytga kelib, bolalar gul bayramlari
o’tkazishgan, bu udum qadimdan yashab kelib, hozirda ham ko’pgina
viloyatlarimizda bolalar orasida keng tarqalgan. Ayniqsa, Namanganda gul
bayramlari o’tkazish yaxshi yaxshi odat tusini olgan. Kuz pishiqchilik – xirmon
ko’tarish fasli bolalar bu davrda kattalar bilan hosil bayrami qilib,
bog’-rog’lar, polizlarga chiqishgan. Shirin-shakar olma-anor, nok-uzum,
qovun-tarvuz, yong’oq yig’ib-terib olsh sayllari ko’p bo’lgan. Shuning uchun
ham ota – bobolarimizdan: "Har bir ho’l meva pishig’idan to tugagunga
qadarbolalar undan kamida uch marotaba to’yib tanovul qilishi ham farz, ham
qarzdir”, degan o’ta hayotiy gap qolgan. Bu fikrda hikmat juda ko’p.
Bolalarning fasl va marosim bilan bog’liq bo’lgan
barcha bayram shodiyonalari ham albatta, tabiatga muhabbat tuyg’usi bilan
yo’grilgan. Oldinlari ov, kaptar, bedana, kaklikka ishqibozlikdan tug’ilib,
qaror topgan, hozirda qush o’yinlari sifatida bayram tusini olib borayotgan bu
odat ham bolalarning o’yin-bayramlaridan biriga aylanib qoldi. Bu o’rinda tabiatning
mo’jaz mavjudotlari-turli qushlar hayotini o’rganish, ularni xonakilashtirish,
musiqiy ovozini eshitishsingari bola zavqi, hissiy dunyosini boyituvchi omil
sifatidagi ahamiyati beqiyosdir.
|