Hozirgi yangilanayotgan jamiyati-mizning rivojlanish jarayonida ta`lim tizimida juda katta o`zgarishlar sodir bo’ldi.
1997-yilda respublikamizda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi.
Shu boisdan ta`lim sohasini tubdan isloh qilish va rivojlangan davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali qadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish ishlari boshab yuborildi.
Bizning Urganch tumani Maishiy xizmat kasb-hunar kollejimiz 2007-yil sentabr oyida o`z faoliyatini boshladi.
Kollej, asosan, Maishiy xizmat yo`nalishi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashga mo`ljallangan.
2007 yili 7 ta mutaxassislik:
Buxgalteriya xisobi va audit
Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi;
Hisoblash tizimlari va majmualari;
Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash;
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash;
Sartaroshlik san’ati va dekarativ kosmetika;
Servis faoliyati;
yo`nalishlari bo`yicha 300 nafar talaba va 37 nafar pedagog bilan ish boshladi.
2007-yilning sentabr oyidan yangi zamonaviy tipdagi jihozlar, texnik asbob va uskunalar bilan jihozlangan o`quv va laboratoriya xonalariga, 50 o`rinli yotoqxona, 90 o`rinli oshxona, katta va keng sport zali, ma`ruzalar zali va muxtasham faollar zali bilan taminlangan 560 o`ringa mo`ljallangan yangi o`quv binosida o`z faoliyatini davom ettirdi.
2007-yildan loyiha asosidagi AKT yo`nalishlariga 300 nafar o`quvchi qabul qililndi.
Shu yili Urganch tuman Begovot qishloq xo’jalik kollej filialining 28 nafar talaba 2 bosqichdan o’qish faoliyatini davom ettirdi.
2009-yilda AKT yo`nalishlarida 28 talaba kollejni bitkazib, 25 tasi o`z sohalari bo`yicha ishlab chiqarish korxonalarida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Hozirgi kunda kollejda 21 ta yo`nalish bo`yicha 900 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.