Shanba, 23.09.2017, 19:19
Logged in as Guest | Group "Guests" | RSS

URGANCH TUMAN MAISHIY XIZMAT KASB-HUNAR KOLLEJI

Menyu
Statistika

Jami online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Ro'yxatdan o'tish

Blog

Main » 2011 » Sentyabr » 14 » Bayramlar va urf odatlar
01:07
Bayramlar va urf odatlar

Navro'z

Navro'z Sharq xalqlari orasidab bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aliksandr, arablar, mo'g'ullar kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navro'zni yo'q qilib, halok qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o'tgan yilgi yig'ilgan g'alla ham, oziq-ovqatlar ham sob bo'lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o'zi mehr-muruvvat ko'rsatib, yorug' kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eso-omon etib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g'ayrat jo'sh urgan. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. 

Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa "Devonu lug'otit turk" asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Umar Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida "Navro'znoma" nomli maxsus kitob yozganlar. Navoiyning ustozi-turkiguy shoirlarning malikul kalami-Lutfiy domla "Gul va Navro'z" o'lmas dostonini yaratganlarki, bu asar hamon sahnalarimizni bezab, bizga Navro'z haqida aadbiy-badiiy tushuncha, ma'lumot berishda davom etib kelayotir. 

Navro'z bayramida bizning kunlarimizda ham bir muddat hujum uyushtirildi. Ammo qadimiy odatimiz bu galgi qatag'ondan ham eson-omon o'tib oldi. Mana, bugun yana biz o'zbeklar ham barcha Sharq xalqlari singari o'z milliy urf-odatimiz Navro'z-Yangi yil bayramizni bor malohati, bo'y-basti bilan ko'z-ko'z qilib o'tkazayapmiz. Navro'z bayrami kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab bir hafta, o'n kun davomida o'tkazilgan. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, yangi yil bilan yurtimizga go'zal Bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o'z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlangan.

Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro'z kunlari qish manzillari-qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari-yozloqlarga ko'chib o'tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lb, hashar-ohsarlar uyushtirilgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ularning mozorlari obodonlashtirilib, ko'kalamzorlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o'tkazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro'z-yangi yil, yangi hayot qaynagan. 

Navro'z bayramiga atab ajdodlarimiz mazsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Navro'z taomlari o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlashgan an'anaviy odat tusiga kirgan. Bu bayramda Siz tengi bolalarning ishtiroklari, ayniqsa, juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayrami haftaligida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq o'yin, tosh, lapar, ip o'yinlari va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar , o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar, ayniqsa, sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun unga ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan. 

Bug'doy donini maxsus idishlarda qulay iqlim sharoiti yaratib, sabza qilib undirib olishgan. So'ng uni kecha-kunduzi bilan katta doshqozonlarda qaynatib , sumalak tayyorlashgan. Ayonki, tunu kun tinmay doshqozon qaynayversa, ancha-muncha o'tin chidamaydi. Shuning uchun har bir xonadon bir bog', yarim bog'dan, ishqilib, o'tinga ham o'z ulushlarini qo'shadilar. Bu arzimasdek ko'ringan harakat ostida juda ulkan ma'no yotibdi: xalqning birgalashib harakat qilishga nonu tuzini, topgan-tutganini birga baham ko'rishga intilish yotibdi. 

Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiya sovrinli o'yinlar, musobaqalartashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar "jang" lari, xo'roz, it, qo'chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, xalq tomoshalari o'tkazilgan. 

Qo'shni Tojikistonning G'onchi tumanida har yili Navro'z mahali kelinchaklar sayli o'tkazish qadim-qadimdan odat tusiga kirgan. Bu sayilga oq xarir pardalar tutgan, kuyovga tushganiga bi yildan oshmagan kelinchaklar qatnashishadi. Ular pastlikda, xuddi oq gullar to'lqinidek ketaverishadi. Qo'llarida o'zlari mehr qo'yib tikkan matolari, so'zanalari, belbog'lari bo'ladi. Ikki tomonda qiyaliklarda turgan tomoshabinlar o'tayotgan kelinchaklarning birortasini ham ko'zdan qochirishmaydi. Kelinchaklarning orzu-armonlari, o'y-hayollari bitilgan matolarning qaysi biri ko'proq olqsh olsa, o'sha g'olib, maqtovga sazovor bo'ladi. Bu benihoya chiroyli, go'zal sayildir. Bu xil sayillarni o'rganib, ommalashtirish zarur. Navro'z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri-keksalarga hurmat , ularning holaridan xabar olish, ko'mak berishdir. Navro'z tiriklik bayrami sifatida mashhur bo'lib, uning tag'in bir muhim xosiyati: bu kunlar marhumlar yodiga juda katta ahamiyat berilgan. Machitu madrasa, xonadonu mahalla, mozoru ziyoratgohlarda qur'on o'qitilib, jonliklar so'yilgan. Etim-esir, bola-baqralar uchun katta doshqozonlar osilib, qurbonlik taomlari pishirilgan. Har bir oila o'z xilxonalarini, ortishsa, boshqalarnikini ham tozalab, orasta qilishgan. Qabrlarning shikast-rextlarini ta'mir qilishgan. Mevali daraxtu gul-chechaklar o'tkazishgan.

Ramazon

Hayitlar qadimiy diniy bayram bo’lib, ularning tarkibiga kirgan ko’pgina marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo’lgan. Islom ularni omuxtalab, o’z qonunlarini qo’shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan.

Hayitning ikki xili mavjud bo’lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti,Katta hayit deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg’on arafa, 1 kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi. Yolg’on va chin arafa kunlari har bir xonadonda is chiqarilib, chalpak, bo’girsoq, talqon, palov qilinadi. Qo’shnilar bir-birlarini Hayit bilan muborakbod etib, xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar. Bolalar va o’smirlar chopqillab yaqin-uzoq xonadon, qarindosh-urug’larni yo’qlashga borib-keladilar

Kichik hayit bu Ro’zai may ramazon deb atalib, odatda ro’za oyi yakunida o’tkaziladi. Hayitlar Iydlar ham deb ataladi. "Hayitingiz muborak bo’lsin”, "iydingiz qulluq bo’lsin” tabriklarining ma’nosi bir xildir. Katta hayit butun dunyo umumxalq marosimi-haj, ya’ni Ka’baga ziyoratga borib, haj nomozi o’qish davridan boshlanib, ayrim joylarda 7 kungacha bayram qilinadi. Bizning O’zbekiston, umuman, O’rta O’siyo xalqlari orasida Qurbon hayiti hozirgi kunlargacha nishonlanib kelinadi. Faqat bu marosim islom markazi arab mamlakatlaridagidek etti kun emas, balki uch kun bayram qilinadi. Qurbon hayiti-iyd-al-adho, ramazon hayiti-alfitr, me’roj-rajab oyi bayrami, shuningdek, imom Xusaynni xotirlash kuni-ashuro, taqdir kechasi-laylatul-qadr, Muhammad payg’ambarning tug’ilgan kunlari-Mavlud islom dinida asosiy hayit-bayramlar sanaladi. Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-13 kunlarida (10-13 dekabr) tantana qilinadi. Ba’zi mamlakatlarda shu oyning 7 kuni, ya’ni haj boshlangan kundan 7 kun davom etadi. Ro’za hayiti esa ramazon oyi tugab , yani shavvol oyining 1-3 kunlarida bayram qilinadi.

Hayitning birinchi kuni saharda kattayu kichik jome masjidiga borib, bomdod namozi o’qiydilar. Gado-yu, beva-bechoralarga sadaqa beriladi. Qurbonlik qilib, is chiqariladi. Keyingi kunlari mozorlarga borilib, o’tganlarning ruhga duoyu fotiha qilinadi. Azadorlar esa to’n kiyib, belbog’ bog’lab, do’ppi kiyib, marhumning uch kun davomida yo’qlovini o’rniga qo’yadilar.

Hayot kunlari oilaga shirinliklar, yangi kiyim-boshlar, kiyimliklar sotib olinib, bolalarga, ota-ona, bobyu buvilarga hadya qilinadi. Oilabosho ro’zg’orning kattadan-kichigiga sarmoya uchun o’ziga yarasha pul, chaqa ulashadi. Bu Hayit xarji deb nomlanadi. Mahallalarda, qishloqlarda, shahar joylarda yangi tushgan kelinlar borib ko’riladi. "Kelin ko’rdi” marosimlari o’tkaziladi.

Kichik hayit ro’za namozi bilan bo’gliq marosim bo’lib, bir oy tutilgan ro’za-parhezdan keyin shavvol oyining 1-3 kunlari bayram qilinadi. Bu bayram ham garchi nomi kichik hayit deb atalsa-da, xalq orasida juda katta marosim sifatida nishonlanadi. Ro’za nomozidan keyin bozor, mahalla, ko’chalarda tuxum, xo’roz, it, qo’chqor urshtirayotgan yosh-yalanglarni, masxarabozlik sahnalarini, dorbozlik o’yinlarini, savdo rastalari to’la bayram qandolatu holvalarini uchratishingiz mumkin. Ro’za ichi har kuni oqshomlari muayyan muddatda iftorlik "og’iz ochish” marosimlari o’tkaziladi. Bu ham o’ziga xos mehmondorchilik bo’lib, ro’zadorlar niyat qilib iftorlik berayotgan kishining uyida o’z ro’zalarini ochi, iftorlik luqmalarini tanovul qilishadi. Iftorchi ro’zaning savobiga sherik bo’ladi. Ro’zadorlar sahar turib, tamaddi qilib,”og’iz bog’lashadi”. Ya’ni, kun davomida suv ichilmaydi, ovqat eyilmaydi. Umuman , hech nima iste’mol qilinmaydi. Bu kishilik a’zolarini, badanni o’ziga xos parhez qilish, bir oz tozalashga, davolashga qaratilgan tadbirdir. Roza kishi irodasini toblaydi, qanoat o’rgatadi. E’tiqodini mustahkamlaydi.

Bir oylik ro’zadan keyin g’arib, miskin kishilar, kambag’al, talabalar, gadolarga fitr ro’zalar, ya’ni, ro’za haqi, hadyasi beriladi. Bu hadyani har kim har xil : imkoniyatga yarasha, pul-chaqa bilan, un-non berib, kiymlik yoki sarpo bilan uzishi mumkin. Ko’ngildan chiqarib, xudo yo’liga chin ixlos bilan ehson qilingan narsa savob uchun qabul qilinadi.

Uch kunlik ro’zai may ramazon bayramlari oldidan ham oqshomlari gavjum bo’ladi. Ya’ni, ba’zan kattalar, ko’pincha bolalar to’p bo’lishib, qishloqlarda ramazon aytishadi. Ramazon ham xalqimizning qadimiy diniy marosimlaridan biri bo’lib, o’ziga xosligi bilan ajralib turdi. Ramazonda mash’ala yoqib olgan bolalar to’p bo’lishib, xuftonda har bir xonadon darvozasiga borib, ramazon aytadilar. Ramazon hayit qo’shiqlarinign jamlanmasining yoshlar tomonidan jo’r bo’ib, ijro etilishidir. Ramazonda xonadonma-xonadon yo’qlab, marosim qo’shiqlariaytiladi. Uy egalari ramazonchilarni siylab, ularga non, qand-qurs, kiyimlar, pul-chaqa berishlari mumkin. Ba’zi odam isi yoqmas, odamovi xonadon sohiblari ramazonchilar ustidan darvozaxona tomidan turib chelakda suv sepib yuboradilar. Ayrim hambo’ylar hazil-mutoyiba tarzida ham bu ishni qilishi mumkin.

Qurbon xayiti

Bu xayit mahalliy tilda kichik xayit deb ataladi. Bu xayit Ramazon xayitidan 70 kundan so'ng nishonlanadi. Islom dinida bu xayitda hayvon so'yib qurvonlik qilinadi. Qurvonlik mol, qo'y va boshqa xayvonlarni so'yish bilan amalga oshiriladi. Bu xayitda ota-onalar bolalariga xayitlik berishadi. Bu xayitlik asosan pul, kiyimkechak va boshqa narsalardan iborat bo'ladi.

Aza marosimi

Aza marosimi islom dinida biror kishi vafot etganidan so'ng bo'ladigan marosimdir. Bu marosimda vafot etgan odam uchun "Janoza" namozi o'qiladi. Bu namoz hamma musilmonlarga ham o'qilaverilmaydi. Chunki biror kishi o'zini-o'zi o'ldirgan bo'lsa yoki boshqa bir din qabul qilgan bo'lsa unga "Janoza" namozi o'qilmaydi. "Janoza" namozi hamma musilmon odam uchun ulug' farzdir. Bu "Janoza" namozi jamoatda qori boshchiligida o'qiladi. "Janoza" namozi o'qilgandan so'ng odamlar vafot etgan odamning uyiga pataxonlikka borishadi. Bu pataxonlikda Quronda zikr qilingan suralardan o'qib vafot etgan odam haqqiga duo qilishadi. Aza marosimi 3 kun davom etadi. 3-kun "Uch" deb ataladi. Undan so'ng 40, kir yuvdi,yangi xayit, yil va boshqa ananalar qilinadi.

Nikoh to'y

Nikoh to’yida esa bo’y etgan qiz-yigitning turmush qurishi bilan bog’liq bo’lgan qadimiy, an’anaviy odat-marosimlar amalga oshirilgan. Kuyov bo’lmish yigitga qo’yiladigan shartlarni Siz sevib o’qigan ertaklaringiz, baxshi bobolaringiz to’qigan dostonlardan yaxshi bilasiz. Oddiy xalqda kuyov bolaga o’tin yerdirib, er choptirib, chavandozligini, kurash tushishini, kamondozligini, kosib-ustaligini sinab, imyihon qilib ko’rishgan.

Qadim ajdodlarimizda o’zaro kelishilgan holda bo’lajak kelinni olib qochish rasm bo’lgan. "O’g’irlar " kalingan qizni yigit nikohlab olishi uchun muayyan qonun-qoidalar asosida to’y tadorigini ko’rishgan. Shu munosabar bilan nikohdan oldingi va keyingi marosimlar amalga oshirilgan. Turkiy xalqlarda hamma ma’noda qizning bahosi baland bo’lgan. Shuning uchun kuyov tomon kelin tomonga albatta qalin to’lagan. Bu to’lov pul, oltin-kumush, qo’y-mol, gilam va kigiz shakllarida bo’lgan.

Kelinni tushirib olish marosimi, ayniqsa, qiziqarlidir. Qadimiy ajdodlarimiz o’t-olovga sig’inishgani tufayli, otda, tog’a etaklovida kelgan kelinni (hozir engil moshinalarda) kuyov bola otdan tushirib, darvozaoldida yoqib qo’yilgankatta gulxan atrofidanuch bora aylantirib, so’ng chimildiqqacha ko’tarib olib kirgan. Bu bilan ajdodlarimiz yangi oilani olov taftida har xil ins-jinslardan, yomon ko’zlardan tozalagan. Ikkinchidan, er kishi o’z jufti haloli, turmush hamrohi bo’lgan ayolnihamisha izzat-hurmatda, qo’lda ko’tarib yurishini ramziy ravishda ifoda qilgan.

Xorazmda qadimdan xonadonga kelin bo’lib tushgan yangi oila a’zosi bir yil davomida o’z qaynonasi bilan og’iz ochib gaplashmaydi. O’g’il o’stirganning xizmatini qiladi, topshiriqlarini bajaradi, buyruqlarini quloq qoqmay ado etadi, ammo churq etib, og’iz ochmaydi. Bu arazlagani, iddaosidan emas, odob-andishasidan, istihola qilganidan shunday muomalada bo’ladi. Kelin birinchi farzandini tug’ib, uni beshikka belaganidan keyin qaynona-oyisi bilan gaplashish huquqiga ega bo’ladi.

Qaynota-kelin munosabatlari yana-da murakkabroq. Kelin nech yil davomida tug’ilishidan qat’I nazar, to’rt farzand ko’rguniga qadar o’z qaynotasi bilan gaplashmaydi. Qaynota otaning topshiriqlarini bajaradi, yumushiyu xizmatini qovoq-tumshuq qilmay o’rniga qo’yadi. Faqat bu ijronigungu saqovdek, hatto ovozi va shovrini ham chiqmasdab bajaradi. Bu ham odob, andisha, istihola tushunchalarining eng oliy namunalaridir.

Albatta, kelin-kuyov to’y kunlari maxsus kiyim-boshlar kiyishgan. Bu kiyimlar yurtimizning qaysi vohasiga qarab, bir-biridan farq qilgan. Masalan, Samarqand, Buxoroniki bir toifa bo’lsa, Surxon va Qashqa vohasiniki ikkinchi toifa, Farg’onaniki o’zi bo’lak bo’lsa, xorazmlik kelin-kuyovning kiyim-boshi tamoman o’zgacha bo’lgan. Bu tashqi belgilar ham xalqimiz madaniyatining juda boy va qadimligidan dalolat beradi.

Nikoh to’yigacha quda tomonlar o’rtasida maslahat oshi berilib, so’ng unashtirish marosimi o’tkazilgan. Xalq orasida bu odat "non sindirish” deb ham ataladi. Fotiha to’yidan keyin kelintushgan xonadonga hayit, bayram kunlari hayitliklar jo’natilgan. Kelin tushishining o’zi katta bir marosim bo’lib, quda tomonlar azaldan amal qilib kelinayotgan taomilga qilishgan. To’y kunidagi to’y jo’natish, tortishmachoq-kelin oyog’iostiga tashlangan poyandoz talashish marosimlarining o’zi bir to’ydir.

Chimildiq (go’shanga) ga kirish bilan bog’liq odatlarning o’zi bir jahon. Kelin-kuyovning ustidan sochqi sochish, kelin bola va yangalar bilan kuyov to’ra va uning jo’ralario’rtasidagi aytishuv, "belbog’ echdi”, "kelin ko’tardi”, "oyoq bosdi”odatlari shular jumlasidandir.

Nikoh to’yidan keyin bo’ladigan marosimlar ham xalqimiz jo’mard tabiat, qo’li ochiqlik odati, to’kin-sochin, erkin hayoti mazmunidan kelib chiqqan. Bular kelinning yuzini ochish,, kelin salomi, kuyov tomon va mahalla xotin-qizlarning kelin ko’rdisi va so’nggisi-yoyilgan sepni yig’ishdir. Bu marosimni xalq orasida”joy yig’di”ham deyishadi. "Joy yig’di” da kutilgannatijani bermaganayrim kelinlar ertasi qo’tir eshakkka teskari o’tqazilib, yo’l-yo’lakay masxaralab kulib, sazoyi qilinib, hazar bilanota-onasinikiga eltib tashlangan. Bu isnod qolgan barcha oilalarga qizlari, bo’lajak kelinlari uchun katta saboq rolini o’tagan.

Hovli to'y

Hovli to’yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug’larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko’chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to’y qilingan. Bu to’y ham ko’proq kuz yo qishda o’tkazilgan. Hovli to’y munosabati bilan yanada shinam, ko’rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to’yidan keyingina yangi imorat o’zlashtirilgan, unda yashashga o’rganilgan, kirishilgan. Bu to’y ham nikoh to’yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo’rg’on sanalgan. To’ylarning har qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo’li engil sartarosh-ustasi, qo’li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisibo’lganidek, alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo’lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga, joyiga, qishloqlar xududining katta-kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda, velosiped, motosikl ya mashinada o’qti-o’qtin to’xtab, jar solganlar.

Ayrim mo’ysafidlar, nogironlar, qulog’i og’r keksalar, diniy arbob, hurmatli kishilar qishloq oqsoqoli tomonidan maxsus kishi yuborib, to’yga chorlaganlar.

Sho’ro zamoni davrida, to’y marosimining mazmuni ham shakli-shamoyili ham ancha o’zgardi. To’griilgarigi zamonlarda hamo’zbekning to’yida qozoqning polvoni, qirg’izning o’lanchisi, tojikning ustasi, turkmanning shavandozi, albatta, izzatli mahmon sifatidafaoln ishtirokn etgan. Tabiiyki, o’zbek to’yida bu xalqlar lafzi shevasi ham jaranglab turgan. Biroq yangi truzumga kelib, bu qirralar yanada kuchaydi. To’ylar ham baynalmilallikning eng yorqin misoli-namunasiga aylandi. Bu marosim osiyocha-ovro’pacha omuxtalashdi. Xalqimizning odat va marosimlari bir-birlariga qo’shilib, chatishib, omuxtalashib ketdi. Bundan yangi shakl va mazmun hosil bo’ldi. Demak, to’y marosimlari yangi qiyofaga kirdi.

Hovli to’yi, yosh va tavalludning ma’lum pog’onalari bilanbog’liq bo’lgan nishonlashommaviy marosimlari paydo bo’ldi. Bulr kumush to’y-turmushning birgalikda kechgan 25 yili, oltin to’y-50 yili, brilliant to’y-75 yili kabi turlaridir. Ota-ona, bobo-buvilaringizning turli yubiley kunlari 50, 60, 70, hatto 100 yillik to’ylarini ko’pchilik bilan nishonlash odat tusiga kirib qoldi.

To’yning hokisor, bejirim o’tkazilishi ham to’y egasining ma’naviy qiyofasi yuksakligini ko’rsatadi. Poraxo’r-xoromxo’r kimsalar to’y bahonasida o’zlarining kimliklarini, kuchu-quvvatlarini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’ladilarki, bu ma’naviy tubanlikdir. Ko’pchilikning xolatiga qarab, o’shalardan kam ham emas, ko’p ham emas-o’rtamiyona to’ylar o’tkazish zarur.

Beshik to'y

Beshik to’yda yangi bo’shangan, beshikda bolasini emizib turgan onaga non tishlatib, bu non bolalarga olib qochdirilgan. Beshik narisiga, ayvongashirinliklar, tuli meva qoqilari sochilib, bolalarga talashib-tortishib tanovul qildirilgan. Bu bilan yangi tug’ilgan bolaning umri shirin, mo’l bo’lib, uzoq yillar hayotda sochilgan rizq-qo’zini yig’ib-terib eb yursin, degan ma’no anglashilgan. Beshik to’yida bolani chillasi chiqib, uni beshikka belash marosimida ikki turmush ko’rgan, ajralgan xotinlar irim qilib qo’yilmagan. Beshikka muqaddas hisoblangan daraxt tug’dona shoxi kesib olib, osib qo’yilgan. Bolaning beshik yostig’I ostiga pichoq, non parchasi qo’yilgan. Isiriq tutatilib, tumor osilgan.

Beshik to’yi bolar uchun juda-juda quvonchli bayramdir. Chunki, ular o’z saflariga no’malum bir bolaning kelib qo’shilayotganidan shodlanadilar. Umuman olganda, bolalik olami juda ham go’zaldir. U har bir kichik narsadan xursand bo’ladi.

Qovun sayli

O’zbekiston agrar-industrial davlat bo’lgani uchun aholi dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Aholi dehqonchilik bilan shug’ullangani uchun xalq orasida dehqonchilik haqida aqlan va jismonan xordiq chiqaradigan sayllar, bayramlar paydo bo’ladi. Bu bayramlar yillar o’tib anana va urf-odatga aylanadi. "Qovun sayli” ham azaldan nishonlanib kelinayotgan sayldir. Bu sayl yozning iyul oyida qovun pishgan vaqda nishonlanadi. Bu salyda dehqonlar o’zlari yetishtirgan qovun, tarvuz, poliz ekinlari va boshqa meva-chevalarni ko’rgazmaga olib chiqadilar. Bu kunlari katta yarmarka bo’lib, salyga olib kelingan mahsulotlarni bozor narxidan tushirib sotadilar. Hakamlar tomanidan g’olilb aniqlanadi. G’olibga hokimiyat tomonidan qimmatbaho sovg’a va yorliqlar topshiriladi.

Gul bayrami

Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar, marosimlar o'tkazganliklarini yaxshi bilamiz.Albatta bu bayramlar mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan.

Ma'lumki, bahor uyg'onish fasli, tabiatning yangilanishi, gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko'rishi davri. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so’ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproqyozishini bayram qilishgan.

Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga, englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini yanada xush qilishgan.

Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga, englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini yanada xush qilishgan.

Shaqildoqlarini shaqillatib, hosil sayli, bayramini nishonlashda davom etganlar. Bahor tugab, yoz oshlanishi boshlanishi bilan turfa gullar butun borliqqa atir hidlari tarata boshlagan. Bu paytga kelib, bolalar gul bayramlari o’tkazishgan, bu udum qadimdan yashab kelib, hozirda ham ko’pgina viloyatlarimizda bolalar orasida keng tarqalgan. Ayniqsa, Namanganda gul bayramlari o’tkazish yaxshi yaxshi odat tusini olgan. Kuz pishiqchilik – xirmon ko’tarish fasli bolalar bu davrda kattalar bilan hosil bayrami qilib, bog’-rog’lar, polizlarga chiqishgan. Shirin-shakar olma-anor, nok-uzum, qovun-tarvuz, yong’oq yig’ib-terib olsh sayllari ko’p bo’lgan. Shuning uchun ham ota – bobolarimizdan: "Har bir ho’l meva pishig’idan to tugagunga qadarbolalar undan kamida uch marotaba to’yib tanovul qilishi ham farz, ham qarzdir”, degan o’ta hayotiy gap qolgan. Bu fikrda hikmat juda ko’p.

Bolalarning fasl va marosim bilan bog’liq bo’lgan barcha bayram shodiyonalari ham albatta, tabiatga muhabbat tuyg’usi bilan yo’grilgan. Oldinlari ov, kaptar, bedana, kaklikka ishqibozlikdan tug’ilib, qaror topgan, hozirda qush o’yinlari sifatida bayram tusini olib borayotgan bu odat ham bolalarning o’yin-bayramlaridan biriga aylanib qoldi. Bu o’rinda tabiatning mo’jaz mavjudotlari-turli qushlar hayotini o’rganish, ularni xonakilashtirish, musiqiy ovozini eshitishsingari bola zavqi, hissiy dunyosini boyituvchi omil sifatidagi ahamiyati beqiyosdir.
Views: 6498 | Added by: cholish | Rating: 2.0/1
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Qidiruv
Kalendar
«  Sentyabr 2011  »
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Arxiv bloglar
Teglar Buluti

Urganch tumani maishiy xizmat kasb-hunar kolleji © 2017